AGRAR SOHA RIVOJIDA IN-VITRO LABORATORIYALARINING AHAMIYATI

Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazida Qishloq xo‘jaligi vaziri, hududiy boshqarma vakillari, markaz xodimlari hamda mutaxassislari ishtirokida Toshkent viloyatida agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi holati hamda yangi In-Vitro laboratoriyalarini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov viloyatda agrar tarmoq kundan-kunga rivojlanib borayotgani, sohada ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish orqali tarmoqda hosildorlik oshayotgani, urug‘dan tortib uni tayyor hosil yetishtirishga qadar bo‘lgan jarayon yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
Ta’kidlanganidek, Toshkent viloyatining 3 ta tumanida In-Vitro laboratoriyalarini tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligida namunali hududga aylantirish, qisqa muddatlarda natija ko‘rsatish davr talabidir.
#vazir #tashrif #laboratoriya #In_Vitro
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram