Agrar soha kadrlar malakasini oshirishda Koreya tajribasi

Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti (National Human Resources Development Institute) vakillari Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti faoliyati bilan tanishdilar.
Tanishuv davomida mehmonlarga institutning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, o‘quv jarayonlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish tajribasi haqida ma’lumot berildi.
Muloqot chog‘ida kadrlar salohiyatini rivojlantirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda ikki mamlakatning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish va agrar soha kadrlari kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube