Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Agrar innovatsiyalar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish: yangi imkoniyatlar sari

Agrar innovatsiyalar va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish: yangi imkoniyatlar sari
Bugun AQShning Tijoratlashtirish va innovatsiyalar tadqiqoti alyansi (ACIR) asoschisi hamda O‘zbekiston xalqaro ekspertlar kengashi a’zosi Erik Azulay bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik. Muloqot davomida qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va xalqaro grant dasturlari orqali investitsiyalarni jalb etish masalalarini batafsil muhokama qildik. Uchrashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri Jahon banki moliyalashtirayotgan MUNIS 2 dasturi doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi ishtirokidagi loyihalar sonini ko‘paytirish bo‘ldi. Bu boradagi hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashdik. Shuningdek, vazirlik tizimidagi olimlar, tadqiqotchilar va agrobiznes vakillari uchun grant arizalarini tayyorlash, tijoratlashtirish strategiyalarini ishlab chiqish, bozor tahlilini o‘tkazish hamda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha tizimli o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdik. Muzokaralarda innovatsion ekotizimni rivojlantirish, agrotexnologik startaplarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalarni inkubatsiya qilish, grant dasturlarini kengaytirish, istiqbolli g‘oyalarni bozorga olib chiqish va xalqaro tajribani O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi. Bundan tashqari, ACIR bilan hamkorlikda o‘quv, konsalting va innovatsion dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollarini ham muhokama qildik. Ishonchim komilki, bugungi uchrashuv ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etish, innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib, mamlakatimiz agrar sohasining raqobatbardoshligi va innovatsion salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.