Achchiq qalampir urug'chilik korxonasi faoliyati bilan tanishuv

Avval xabar berganimizdek, Milliy markaz tizimidagi Respublika Agroxizmatlar markazi va hududiy Agroxizmatlar markazlari vakillaridan iborat delegatsiya ayni vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida bo'lib turibdi. Bugun delegatsiya aʼzolari Henan provinsiyasi Changsha shahrida faoliyat yuritayotgan "Peppera seed" qalampir urugʻchilik korxonasiga tashrif buyurdi.
Ushbu korxona "LongPin" kompaniyasi ta’sisligida faoliyat yuritib, Xitoyda yetishtiriladigan qalampir urugʻining 11 foizini yetkazib beradi.
Korxonaga qarashli 100 gektar ekin yer maydonida qalampirning 7 ta turiga mansub 110 ta navlarining yuqori sifatli urug‘lari ko‘paytiriladi.
Yetishtirilayotgan qalampir navlaridan olinayotgan maxsulotlar oziq-ovqat sanoatida sarxil va tuzlangan holda, farmatsevtikada esa dorivor oʻsimlik, parfumeriyada rang olish maqsadida yetishtiriladi.
Urugʻlari ko‘paytirilayotgan qalampir navlari achchiqlik darajasiga qarab baholanadi.
Achchiqlik darajasi yuqori bo‘lgan navlar hosildorligi nisbatan past bo‘lsada lekin bozorgir boʻladi.
"LongPin" brendi ostida yetishtirilayotgan qalampir urugʻlari nafaqat Xitoy davlatiga, balki dunyoning bir qator davlatlarida ham ekilib, yuqori hosil olib kelmoqda.
Delegatsiya aʼzolari korxonada ishlab chiqarilayotgan qalampir urugʻlarini Oʻzbekiston tuproq-iqlim sharoitida sinovdan oʻtkazish boʻyicha hamkorlik oʻrnatish yuzasidan oʻz takliflarini bildirdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube