9-may — Xotira va qadrlash kuni!

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar hududlardagi Xotira maydonlarida o'tganlar ruhiga hurmat bajo keltirishdi.
Milliy markaz xodimlari esa poytaxtimizdagi G'alaba bog'iga borib tarixiy ekspozitsiyalar, urush yillariga oid hujjatlar va yodgorliklar bilan tanishib, xalqimizning mardonavor jasorati hamda front ortidagi fidokorona mehnati haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlar va tarixiy xotirani asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube