7-may kuni O‘zR Prezidenti "Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti (Royal Agriculture University) bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etadi.
Agrar soha yo‘nalishidagi yangi oliygoh Toshkent davlat agrar universiteti hududida joylashadi.
Hujjat bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida tashkil etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlandi.
Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK
YOUTUBE /INSTAGRAM