7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, davlat xizmatlarini zamonaviylashtirish va barcha sohalarga innovatsion texnologiyalarni joriy etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlarining o‘rni muhim va beqiyosdir.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning barcha yo‘nalishlarida minglab aloqa va IT mutaxassislari fidokorona mehnat qilib kelmoqda.
Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishidagi xodimlar o‘z faoliyatlari bilan agrar sohani raqamlashtirish, elektron platformalarni joriy etish, davlat xizmatlaridan foydalanishni soddalashtirish, ma’lumotlar shaffofligi va ochiqligini ta’minlash, shuningdek, adolat va tenglik tamoyillarini samarali tatbiq etish borasida munosib natijalarga erishmoqda. Ularning bilim va salohiyati, tashabbuskorligi hamda mas’uliyatli mehnati sohaning barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Hurmatli aloqachilar va IT sohasi fidoyilari!
Sizlarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi nomidan 7-may — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar, yangi g‘oya va yutuqlar tilaymiz. Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va raqamli kelajakni barpo etish yo‘lidagi ezgu ishlaringizda omad va muvaffaqiyatlar hamisha hamroh bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Website Telegram Facebook YouTube Instagram