22-25-MAY KUNLARI KUZATILADIGAN OB-HAVO MA'LUMOTI

Shu kunlarda Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kechga yaqin Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Yakshanba kuni aksariyat hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda jala quyadi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida esa yomg‘ir ertalab to‘xtaydi.
22-may kuni respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to‘zon ko‘tariladi.
23-may, dushanba kuni deyarli respublika bo‘ylab biroz bulutli quruq ob-havo kuzatiladi.
20-23 may kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va toshqin kuzatilishi mumkin.
Ob-havo haqida batafsil ma’lumotlar bizning sinopsisda.