Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

2026-yil paxta hosiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

2026-yil paxta hosiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida paxtachilik tarmog‘ining 2026-yil hosiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda kelgusi bosqichdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda Paxtachilik kengashi a’zolari, hududiy rahbarlar, urug‘chilik tizimi va urug‘lik chigit importi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda 2026-yil hosili uchun xorijiy g‘o‘za navlari urug‘lik chigitlarini import qilish bo‘yicha kelib tushgan takliflar ko‘rib chiqildi. Takliflar agroiqlim sharoitlariga mosligi, hosildorlik va tola sifati hamda ularni hududlarda joriy etish afzalliklari ekspertiza xulosalari asosida tahlil qilindi. Jarayonda paxtachilikda seleksiya va nav tanlash masalalariga ilmiy yondashuvni kuchaytirish, tasodifiy va samarasiz import holatlarining oldini olish muhim vazifa ekani alohida ta’kidlandi. Kun tartibidagi ikkinchi masala 2026-yil paxta hosili uchun urug‘lik chigit tayyorlash ishlarining borishiga bag‘ishlandi. Hududlarda urug‘lik yetishtirish, saralash, saqlash va sertifikatlash jarayonlarining amaldagi holati muhokama qilindi. Mavjud muammolar, sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgan yo‘nalishlar hamda ularni bartaraf etish choralari belgilab olindi. Shuningdek, urug‘lik sifati va tozaligini ta’minlash, reja hamda belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. Yig‘ilish davomida tashkiliy va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilib, paxtachilik tarmog‘ida mas’uliyat va ijro intizomini yanada kuchaytirishga qaratilgan tegishli topshiriqlar berildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.