Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

2026-yil paxta hosili uchun etalon namunalar tasdiqlandi

2026-yil paxta hosili uchun etalon namunalar tasdiqlandi
Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida 2026-yil paxta hosilini qabul qilish jarayonida foydalaniladigan paxtaning tashqi ko‘rinish namunalari (etalon)ni tasdiqlash bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur namunalar O‘z MSt 551:2025 “Paxta. Texnik shartlar” milliy standarti talablari asosida tayyorlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi “Paxtachilik” kengashi ishchi guruhi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi, “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, “Boyovut Cotton Textile” MCHJ klasteri tizimidagi paxta tozalash korxonasi hamda “Luys Tex Cluster” MChJ mutaxassislari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida tayyorlangan etalon namunalar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning amaldagi standart talablariga muvofiqligi muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, 2026-yil paxta hosilini qabul qilishda qo‘llaniladigan paxtaning tashqi ko‘rinish namunalari rasman tasdiqlandi. Mazkur etalon namunalar yangi hosil paxtasining sifat ko‘rsatkichlarini yagona mezon asosida baholash, qabul qilish jarayonida shaffoflikni ta’minlash hamda paxta xomashyosining sifatini aniq belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.