Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

2026 yil 3 iyul kuni soat 10.00 da Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi"

2026 yil 3 iyul kuni soat 10.00 da Oliy sud Plenumining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi"
Majlisda Oliy sud Plenumining “Sudlar tomonidan fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish amaliyoti to‘g‘risida", "Fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlar tomonidan da’voni ta’minlash (dastlabki himoya) choralarini ko‘rishning ayrim masalalari to‘g‘risida", “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari loyihalari ko‘rib chiqiladi. Birinchi marotaba Plenum majlisi Oliy sudning Interaktiv xizmatlari portali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.