20 sentabr – Butunjahon guruch kuni

2004-yildan buyon har yili 20-sentabrda Butunjahon guruch kuni nishonlanib kelinadi. Bu bejiz emas, chunki dunyodagi har bir mamlakat milliy oshxonasidan guruchli taomlar o‘rin olgan. Guruchning 20ga yaqin navi bo‘lib, jahondagi guruchning 75 foizi Xitoy, Hindiston, Bangladesh, Indoneziya, Vyetnam va Tailandda yetishtiriladi.
O'zbek oshxonasining shoh taomlari ham aynan guruch bilan tayyorlanadi. Xalqimiz ham guruchni qadrlaydi va asosiy iste'mol mahsuloti sifatida qaraydi. O'zbekiston ham sholichilik sohasida dunyoda munosib o'rinni egallagan. Bu borada Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining samarali mehnatini e'tirof etish lozim.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube