18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i – faxru g‘ururimiz, jonajon Vatanimizning aziz timsollaridan biri.
Millat bayrog‘i – ona Vatan timsoli. U – ota yurt ramzi. Ko‘kda mag‘rur hilpiragan bayrog‘imizga boqib, mustaqillik, farovonlik tushunchalarining mohiyatini yana-da chuqurroq anglaymiz!
Bayrog‘imiz bizni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtiradi. Yuksak va ulug‘ ishlarga ruhlantiradi! Shonli, asrlar qa’riga singib ketgan tariximizdan, bobolarimizning pokiza orzu-niyatlari, istiqlolimiz, hurriyatimiz, erk va ozodligimiz, mamlakatimizdagi yangilanish jarayonlaridan, ulkan marralar sari intilgan O‘zbekistonning nurli istiqbolidan so‘zlaydi.
Bugun yurt bayrog‘i dunyoning eng baland cho‘qqilarida, janubiy qutbdek olis manzillarda, jahonning eng nufuzli tuzilmalarining binolari oldida hilpiramoqda.
Jahon sportchilarini bir manzilga jamlagan xalqaro olimpiada musobaqalarida g‘olib sportchilarimiz sharafiga yurt bayrog‘i baland ko‘tarilmoqda. Bularning bari yurt farzandlarining qalbida faxr-iftixor tuyg‘ularini jo‘sh urdiradi. Ona yurtimiz bayrog‘i ko‘kda doim mag‘rur hilpirab tursin!
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube