Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

10-fevral — Butunjahon don-dukakli ekinlar kuni

10-fevral — Butunjahon don-dukakli ekinlar kuni
2019-yildan beri BMT Bosh Assambleyasi tashabbusi bilan 10-fevral don-dukakli ekinlar kuni sifatida nishonlanadi. Maqsad — no‘xat, loviya, yasmiq, mosh kabi don-dukakli ekinlarning oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘lom ovqatlanish, barqaror qishloq xo‘jaligi va tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini jamoatchilikka yetkazish. Don-dukakli ekinlar: — oqsil, tola, vitamin va minerallarga boy, — atmosferadan azotni tutib, tuproq sifatini yaxshilaydi, — kam suv talab qiladi, — iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror yechim hisoblanadi. Yuqoridagi videoda Milliy markaz tizimidagi Don va dukakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida ushbu turdagi ekinlar ilmini rivojlantirish, seleksiya va tadqiqot ishlari jarayonlari aks etgan. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.