Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

1-oktabr Ustoz va murabbiylar” kuni

1-oktabr Ustoz va murabbiylar” kuni
Qishloq xoʼjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan tadbir boʼlib oʼtdi. Tadbirda institut direktori Shuhrat Аzizov Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vaziri hamda Qishloq xoʼjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Bosh direktori Аlisher Toʼraevning “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan institut jamoasiga yoʼllagan tabrigini oʼqib eshittirdi. Hozirda institutda faoliyat olib borayotgan hamda ilmiy-tadqiqot ishlarida, qishloq xoʼjaligi ilm-fanini rivojlantirishda koʼp yillik samarali faoliyat koʼrsatgan ustoz va olimlarga tashakkurnomalar topshirilib, sovgʼalar ulashildi. AKIS UZBEKISTAN

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.